Tramp Venesuela masalasida hali qaror qabul qilmagan – CNN

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlash yoki zarba berish masalasida hali qaror qabul qilmagan. Bu haqda Oq uydagi yuqori lavozimli mansabdor va administratsiya vakiliga tayanib, CNN xabar beradi.

Manbalarga ko‘ra, Trampning nazarida mintaqada AQSH harbiylarining kuchaytirilgan ishtiroki, jumladan mamlakatning eng zamonaviy avianosetsining joylashtirilishi va 15 minggacha harbiy xizmatchining yuborilishining o‘ziyoq bosim vositasi bo‘lib, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni bevosita harbiy aralashuvsiz iste’foga berishga majbur qilishi mumkin.

Qayd etilishicha, o‘tgan hafta ketma-ket uch kun davomida turli ssenariylar bo‘yicha maxsus brifinglar o‘tkazilgan. Variantlar orasida Venesuelaning harbiy yoki hukumat ob’ektlariga zarbalar berish, shuningdek maxsus kuchlar operatsiyalari bor. “Hech narsa qilmaslik” varianti ham imkoniyat sifatida saqlanib qolgan.

Manbalarning aytishicha, Tramp bevosita harbiy harakatlarga kirishish borasida ma’lum shubhalarni bildirgan, amerikalik harbiylar uchun xavf darajasi va muvaffaqiyat ehtimoli haqida savollar bergan. Bundan tashqari, u ayrim ittifoqchilarning tanqidini ham inobatga olayotgani aytiladi – ular Prezidentning e’tibori haddan tashqari tashqi siyosatga qaratilganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Nikolas Maduro hokimiyatdan ketishi va mamlakatni tark etishi mumkin bo‘lgan ssenariyni muhokama qilayotgani, xususan unga Rossiyaga ixtiyoriy surgun sifatida borishga “yashil chiroq” berilishi ehtimoli ko‘rilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing