Tramp va Melaniya Yangi yilni qayerda kutadi?
Olam
−
31 dekabr 2020 8273 1 daqiqa
AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp bugun, 31 dekabr kuni Florida shtatidan Vashingtonga qaytib keladi va Yangi yilni Vashingtonda kutadi. Bu haqda "The Hill"ga asoslanib xabar berilgan.
Trampning jadvaliga ko‘ra, u mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da rafiqasi Melaniya bilan birga Florida shtatidan Vashingtonga uchib ketadi.
Bu shuni anglatadiki, Tramp va uning rafiqasi har yili yuzlab mehmonlarni jalb qiladigan Palm-Bichda joylashgan Mar-a-Lagodagi Yangi yil bayramiga tashrif buyurmaydi.
So‘nggi uch yil ichida Tramp ushbu ziyofatda qatnashib, mehmonlarga qisqa nutq bilan murojaat qilib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mar-a-Lagodagi bu yilgi ziyofatga 500 ga yaqin odam tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Melaniya Tramp Rojdestvo bayrami uchun Oq uyni "Amerika go‘zal" shiori ostida bezatgandi.
Live
Barchasi