Tramp Uchinchi jahon urushi ehtimolidan ogohlantirdi
Olam
−
10 mart 2022 17320 1 daqiqa
AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Uchinchi jahon urushi bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi va yadro urushi ehtimolini “jiddiy tahdid” deb hisoblaydi. Bu haqda “Full Send” podkastida aytib o‘tdi.
“Ha, Uchinchi jahon urushi ehtimoli bor va bu bizning mamlakatimizni hurmat qilmay qo‘yishgani uchundir”, degan Tramp.
Suhbatdoshining Ukrainadagi vaziyat fonida oddiy amerikaliklar yadro urushidan qo‘rqish kerakmi degan savoliga Tramp: “Ha, (bundan – tahr.) qo‘rqish kerak, chunki mamlakatni (AQSHni – tahrir) layoqatsiz odamlar boshqarmoqda”, deb javob bergan.
U so‘zi oxirida buni jiddiy tahdidi deb bilishini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Donald Tramp AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden bir yil ichida Amerikani vayron qilganini aytib chiqqandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025