Tramp Si Szinpin bilan gaplashib olmoqchi
Olam
−
13 may 3695 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp shu hafta oxirida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilishni kutilmoqda. Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Men Prezident Si bilan hafta oxirida gaplashaman”, dedi Tramp AQSH va Xitoy o‘rtasida erishilgan savdo kelishuvlarini sharhlar ekan.
Uning qayd etishicha, Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar juda yaxshi.
“Biz Xitoyga zarar yetkazmoqchi emasmiz”, deydi AQSH ma’muriyati rahbari.
Uning fikricha, Vashington tomonidan Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘yilgan bojxona to‘lovlari Pekin iqtisodiyotiga qattiq zarba bergan.
Ma’lumot uchun, Tramp 2 aprel kuni 185 mamlakat va hudud mahsulotlariga bojlar joriy etilishini e’lon qildi. 10 foizlik universal tariflar 5 apreldan, individual tariflar 9 apreldan kuchga kirdi. Bundan tashqari, AQSH ma’muriyati 3 apreldan boshlab barcha import qilingan avtomobillarga 25 foizlik bojxona to‘lovlarini joriy qildi. Tramp, shuningdek, iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Shundan so‘ng Tramp bir qator mamlakatlar va hududlarga qo‘shimcha o‘zaro import tariflarini 90 kunga to‘xtatib qo‘yganini bildirdi. Oq uyning tushuntirishicha, pauza savdo muzokaralari bilan bog‘liq bo‘lib, bu vaqt mobaynida “10 foizlik universal tarif” amal qiladi. AQSH Xitoy importiga qo‘shimcha tariflarni uch marta oshirib, oxir-oqibat 145% ga etkazdi. Aprel oyida Xitoy qarshi chora sifatida barcha Amerika mahsulotlariga tariflarni belgiladi va ularni 125% ga yetkazdi.
Eslatib o‘tamiz, 10-11 may kunlari Shveysariyada AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ushbu muzokaralardan so‘ng tomonlar 2025 yil 14 maydan boshlab bojlar 10 foizga o‘zaro pasaytirilganini e’lon qildi.