AQSH va Xitoy ba’zi tariflarni 90 kunga to‘xtatib qo‘ydi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy ba’zi o‘zaro tariflarni 90 kunga to‘xtatishga kelishib oldi. Bu haqda bugun, 12 may kuni ikki davlat o‘rtasida savdo mojarosiga barham berish bo‘yicha Jenevada o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotda so‘z boradi

Qayd etilishicha, ushbu tariflarning to‘xtatilishi 14  maydan kuchga kiradi.

“Bundan tashqari, tomonlar o‘zaro bojlarni 115 foizgacha kamaytirishga kelishib oldilar”, dedi AQSH Moliya vaziri Skott Bessent.

Bir kun avval Vashingtonning Shveysariyada 10 may kuni davom etgan savdo muzokaralaridagi vakili Jeymison Grir Xitoy bilan tariflar masalasida kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. Xitoy tomonidan muzokaralarda Bosh vazir o‘rinbosari Xe Lifeng ishtirok etdi.

May oyi boshida AQSH Prezidenti Donald Tramp “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida Xitoydan import qilinadigan tovarlarga tariflarni pasaytirmoqchi ekanini, chunki “aks holda ular bilan hech qachon biznes yuritib bo‘lmasligi”ni aytdi. 

9 may kuni u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozgan edi:

“Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 80 foizlik bojlar qo‘yish oqilona ko‘rinadi. Buni Skott B. (Skott Bessent, AQSH Moliya vaziri) hal qiladi”.

Pekin avvalroq ochiqchasiga savdo urushiga qarshi “oxirigacha” kurashishga va’da bergan va Vashingtonni xalqaro tartibni “o‘rmon qonuni”ga qaytarishdan ogohlantirgan.

Trampning Xitoy tovarlarga qo‘ygan AQSH bojlari 145%, Xitoyning javob tariflari esa 125% ni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy savdo urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing