Tramp saylovoldi debatdan oldin Baydenning ko‘nglini xotirjam qilmoqchi

Olam

image
AQSH Prezidenti Donald Tramp ikkinchi saylovoldi debatdan oldin koronavirusga yana bir bor test topshiradi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH prezidentligiga nomzodlar - amaldagi davlat rahbari Donald Tramp va uning saylovdagi raqibi Jo Baydenning navbatdagi saylovoldi debati 22 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
 
Tramp o‘tkaziladigan ikkinchi debatdan oldin koronavirusga test topshirishga va’da bergan. 
 
Prezidentlikka yana bir nomzod Jo Bayden ham debatdan oldin raqibining yana bir bor test topshirishiga umid bildirgandi.
 
"Albatta, bu men uchun muammo emas", degan Tramp unga javoban. 
 
Ma’lumot uchun, Tramp va uning rafiqasida 2 oktyabr kuni koronavirus aniqlangandi. 10 oktyabrda esa Trampning davolovchi shifokori uning sog‘ayganini ma’lum qilgan.
 
Ma’lumot uchun, koronavirusdan sog‘aygan Tramp hozirda deyarli har kuni turli shtatlarga tashrif buyurib, saylovoldi mitinglar o‘tkazmoqda. Chiqishlari davomida u an’anaviy ravishda raqibi, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni tanqid qiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 3 noyabriga belgilangan.

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Saylov

Baholaganlar

112

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing