Tramp saylovda olg‘a siljiyotgan musulmonni haqorat qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Nyu-York meri lavozimiga nomzod, Demokratik partiya a’zosi Zohran Mamdanini “aqldan ozgan kommunist” deb atadi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Yuz foiz kommunist-tentak bo‘lgan Zohran Mamdani hozirgina Demokratik partiya praymerizida g‘alaba qozondi va yaqinda mer bo‘lish arafasida”, deya yozgan AQSH Prezidenti. 

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, demokratlar “chegarani kesib o‘tishni” boshlagan. Trampning fikricha, Mamdanining tashqi ko‘rinishi “xunuk, ovozi yoqimsiz va u unchalik aqlli emas”. 

Ma’lumot uchun, Zohran Mamdani Amerika Demokratik Sotsialistlari a’zosi. Uning ota-onasi hind musulmonlari bo‘lib, Mamdani Ugandaning Kampala shahrida tug‘ilgan va 2018 yilda Amerika fuqaroligini olgan. U 12 imom ordenidan bo‘lgan shia musulmonidir. Mamdani Men shtatidagi Bovdoin kollejida o‘qigan va u yerda Falastinda adolat uchun talabalar bo‘limiga asos solgan. 2014 yilda kollejni Afrika tadqiqotlari bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Nyu-Yorkning ilk musulmon meriga aylanish imkoniyatiga ega Mamdani avvalroq saylovda g‘olib bo‘lsa, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun (albatta u Nyu-Yorkka borsa) harakat qilishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkning sobiq gubernatori Endryu Kuomo Demokratik partiyaning ichki saylovlarida nomzod Zohran Mamdaniga yutqazgani haqida xabar berilgandi. Saylov byulletenlarining 90 foizi hisoblanganidan keyin Mamdani deyarli 44 foiz ovozga ega bo‘lgan. Uning asosiy raqibi Endryu Kuomo 36 foiz ovozga ega bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing