Tramp samolyot bortida Qatar Amiri bilan uchrashadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Malayziyaga safari chog‘ida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va Bosh vazir Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tramp Malayziyaga ketayotgan paytda yonilg‘i quyish uchun Qatar hududidagi Al-Udeyd bazasida to‘xtaydi. O‘sha paytda Air Force One bortida Qatar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

Bildirilishicha, uchrashuvda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, Donald Trampning Malayziyaga rasmiy tashrifi joriy yilning 26-27 oktyabr kunlariga belgilangan. Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, bu Trampning 2025 yil yanvar oyida 47-Prezident sifatida lavozimga kirishganidan buyon Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga ilk tashrifi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidentining matbuot kotibi Kerolayn Livitt Donald Tramp 30 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Pusan shahrida Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi. Livittning so‘zlariga ko‘ra, Tramp  mahalliy vaqt bilan 26 oktyabr kuni ertalab Malayziyaga yetib boradi. U mamlakat Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashadi va ASEAN yetakchilarining ishchi kechki ovqatida ishtirok etadi. 

27 oktyabr kuni Tramp Tokioga boradi va u yerda 28 oktyabr kuni Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Sanae Takaiti bilan uchrashadi. 29 oktyabr kuni Tramp Pusanga uchib ketadi va u yerda Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Oq uy rahbari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida nutq so‘zlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing