Tramp Oq uydagi faoliyati haqida kitob yozadi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti  Donald Tramp davlat rahbari sifatidagi to‘rt yillik faoliyati haqida memuar yozmoqda. Bu haqda u  “Newsmax TV” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

“Ha, men ularni (xotiralarimni) yozyapman. Ko‘rasiz bu juda kuchli narsa bo‘ladi”, deydi u jurnalistning savollariga javob berar ekan. 

Shuningdek, Tramp o‘zining bo‘lajak kitobi nashriyotlarda katta qiziqish o‘yg‘otganini qo‘shimcha qilib o‘tgan. Biroq, AQSHning 45-Prezidenti kitobini nashr etish muddatini hamda unda yoritilishi mumkin bo‘lgan mavzu haqida fikr bildirmagan.  

Ma’lumot o‘rnida, Tramp 2017 yildan 2021 yilgacha AQSH Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U hayoti davomida o‘ndan ortiq kitoblarni chop etgan. Ulardan eng mashhuri jurnalist Toni Shvars bilan hammualliflikdagi "The Art of the Deal" kitobi. Nashr qilinganidan keyin u 1 million nusxadan ko‘proq sotilgan va “The New York Times bestseller”lari ro‘yxatida uch oydan ko‘proq vaqt davomida turgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing