Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroni hal qilmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Koreya yarimorolida davom etayotgan mojaroni hal qilish niyatida. Bu haqda u bugun, 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralar chog‘ida gapirgan.

“Men bilaman, sizlar Koreya yarimorolida urush holatidasiz, ammo biz barchasini hal qilish uchun nima qilish mumkinligini muhokama qilamiz”, deydi Oq uy rahbari.

Shuningdek, AQSH Prezidenti o‘zining Janubiy Koreyaga safari davomida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashmasligini tasdiqlagan va buni “mos bo‘lmagan vaqt” bilan izohlagan.

“Men Kim Chen Inni juda yaxshi bilaman. Bizning munosabatimiz yaxshi. Shunchaki uchrashuv vaqtini kelishib ololmadik”, deydi Tramp.

U, shuningdek, ertaga, 30 oktyabr kuni Janubiy Koreyaga Xitoy raisi Si Szinpin kelishini eslatib, u bilan uchrashuv rejalashtirilganini ma’lum qilgan.

“Men u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu safarning asosiy maqsadi ham shundan iborat. Ammo bizda boshqa uchrashuvlar ham bo‘ladi va biz Kim Chen In hamda barcha tomonlar bilan masalani hal qilish uchun jiddiy ishlaymiz”, deydi Tramp.

Shuningdek, Janubiy Koreyada Donald Trampga Koreya yarimorolidagi tinchlikni o‘rnatishdagi xizmatlari e’tirofi sifatida orden va oltin toj nusxasi topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Yaponiya Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi amerikalik hamkasbi Pit Hegset bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Tokio va Vashingtonning mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirish va qo‘shma mashg‘ulotlarni kuchaytirishga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Koreya yarimoroli Li Chje Myon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing