Tramp ilk bor shaxsan Ukrainaga qurol-yarog‘ paketini ajratmoqchi – “Reuters”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining ikkinchi prezidentlik muddati davomida ilk bor shaxsan Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish paketini ajratadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, shu vaqtgacha uning ma’muriyati faqat avvalgi prezident Jo Bayden davrida ma’qullangan jo‘natmalarni yuborib kelayotgan bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘lar Pentagon zaxiralaridan olinadi. Tramp ajratayotgan paket qiymati taxminan 300 million dollarni tashkil qilishi mumkin. Unda Patriot zenit-raketa tizimi raketalari hamda o‘rta masofali hujum raketalari bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, AQSH hukumati Ukraina uchun ajratilgan, Kongress tomonidan tasdiqlangan 3,86 milliard dollarlik mablag‘dan hali foydalanmagan. Ukraina armiyasiga yordam uchun mablag‘lar oxirgi marta yanvar boshida Bayden tomonidan ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSH Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. Oq uy bu qarorni AQSH harbiy yordami bo‘yicha tekshiruv (reviziya) bilan izohladi.  

CNN manbalariga ko‘ra, Prezident Tramp Mudofaa vaziri Pit Hegsetga faqat qurol-yarog‘ zaxiralarini baholashni topshirgan, ammo jo‘natmalarni to‘xtatish haqida buyruq bermagan. Telekanalning aniqlik kiritishicha, Hegset Trampni qurol-yarog‘ yetkazib berishning to‘xtatilgani haqida xabardor qilmagan. 

Hafta boshida esa AQSH Prezidenti mamlakat Ukrainaga yangi qurol-yarog‘ partiyalarini yuborishini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington allaqachon artilleriya o‘q-dorilari va GMLRS reaktiv snaryadlari ta’minotini tiklagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp qurol-yarog' paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing