Tramp Eronda hokimiyat almashinuvi ehtimolini istisno qilmadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron rahbariyatining almashishi g‘oyasini inkor etmadi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

“Rejim almashinuvi” degan iborani ishlatish siyosiy jihatdan noo‘rin deb qaraladi, lekin agar hozirgi eronlik rahbarlar Eronni yana buyuk qilishga qodir bo‘lmasa, nega rejim almashmasligi kerak? Keling, Eronni yana buyuk qilaylik!”, deb yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 iyun kui Donald Tramp xalqiga murojaat qilib, AQSH Eronning uchta yadroviy ob’ektiga – Fordo, Natanz va Isfahonga zarba berganini e’lon qilgan edi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa xalqqa qilgan murojaatida Trampga bu hujumlar uchun minnatdorlik bildirgan.

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSHning zarbalari uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishini aytdi. Shuningdek, Eron hukumati zarbalarga qaramay, yadroviy energiyani rivojlantirishdan voz kechmasligini ma’lum qildi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa AQSH tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga uyushtirilgan hujumni “xalqaro tinchlik va xavfsizlikka bevosita tahdid” deb atadi.

Mazkur vaziyat yuzasidan O‘zbekiston  Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ham bayonot berib, Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani chuqur xavotir uyg‘otayotganini, O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelganini bildirgan.

Shu bilan birga, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida AQSHning Eron bo‘yicha so‘nggi harbiy harakatlari mintaqada xavfsizlikka tahdid solayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Tehronni AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbasidan so‘ng vaziyatni pasaytirishga va muloqotga qaytishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Eron-AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing