Tramp Eron yadroviy inshootlariga zarba berish haqida o‘ylamoqda – WSJ

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Isroil va AQSH samolyotlarining Eron yadroviy inshootlariga profilaktik zarba berish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tramp Eronning yadroviy dasturini yangi urushga, ayniqsa AQSH harbiylari ishtirokiga olib kelmasdan oldin to‘xtatmoqchi. Nashrga ko‘ra, AQSH saylangan prezidentining maslahatchilari Tehronga iqtisodiy bosim  yetarli emasligidan xavotirda va harbiy harakatlar ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.

"Yadro ob’ektlariga harbiy zarba berish masalasi endi o‘tish guruhining ayrim a’zolari tomonidan jiddiyroq ko‘rib chiqilmoqda", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Eronning mintaqaviy qudratining susayib va yadroviy faolligi esa oshib borayotgani haqidagi so‘nggi xabarlar Tramp jamoasi ichidagi nozik ichki munozaralarni kuchaytirgan. Shuningdek, manba Tramp yaqinda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Eron yadro dasturidan xavotirda ekanini bildirganini yozgan.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHning Tehron bilan munosabatlari uchun ishlab chiqilayotgan strategiya “maksimal bosim 2.0” deb nomlanadi. Tramp va uning yordamchilari moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirish bilan birga harbiy harakatlarni muhokama qilib chiqadi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron bilan urush ehtimoli haqida gapirib, bu borada hamma narsa sodir bo‘lishi mumkinligini bildirgandi. Shuningdek, Tramp Falastin mojarosida tinchlikka erishish uchun zarur bo‘lgan har qanday qarorni qo‘llab-quvvatlashini aytgan, ammo ikki davlatli yechimga bo‘lgan sodiqligini tasdiqlashdan bosh tortgan. Shu bilan birga, Isroil harbiy-havo kuchlari Eron yadro inshootlariga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani ham xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing