Isroil Eron yadroviy ob’ektlariga zarba berishga tayyorlanmoqda

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlari Eron yadro inshootlariga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Eronning “izolyatsiyasi” uni yadroviy dasturini yanada rivojlantirishga undashi mumkin va bunday rivojlanish bilan Isroil siyosiy rahbariyati profilaktik zarbalar berishni buyurishi mumkin.

“Isroil harbiy-havo kuchlari Yaqin Sharqda Tehron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlar zaiflashgani va Suriyada Asad rejimi qulaganidan keyin Eron yadroviy inshootlariga ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Isroil tomoni Yaqin Sharqdagi keskin o‘zgarishlar, xususan, Asad rejimining qulashi munosabati bilan Isroil harbiylari Eronning yadroviy ob’ektlariga zarba berish imkoniyati mavjud deb baholagan.

Nashrga ko‘ra, Suriya havo mudofaasi ustunligi sabab Isroil tomon Eronga zarba yo‘llay olmagan, lekin Asad rejimi qulagani sabab Isroil harbiy-havo kuchlari o‘zining jangovar shayligini va ehtimoliy zarbalarga tayyorgarligini oshirishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktyabr kuni tunda Isroil armiyasi Damashqdagi Eron elchixonasiga yaqiniga aviazarba bergandi. Qayd etilishicha, nishon Damashq g‘arbidagi Mezza mahallasidagi turarjoy binosiga qaratilgan. Eronning Suriyadagi elchixonasi hujum sodir bo‘lgan joyga yaqin joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil yadro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing