Tramp Eron bilan urush qayta boshlanishiga shama qildi
Olam
−
28 may 1880 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilayotgan muzokaralardan norozi. Amerika harbiylari mamlakatda harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkin. Bu haqda Tramp kecha, 27 may kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida so‘z ochdi.
AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tehron hozirda nizoni to‘g‘ridan to‘g‘ri hal qilishga tayyor, biroq Vashingtonga Eron rasmiylari intilayotgan shartlar yoqmayapti.
“AQSH yo o‘zini qoniqtiradigan kelishuvga erishadi, yoki ishni oxiriga yetkazib qo‘yadi. Ko‘ramiz, nima sodir bo‘larkin”, deydi Tramp Eron bilan urushning qayta boshlanishiga shama qilib.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Eron o‘zining yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini topshirishi evaziga Amerika sanksiyalarining yumshatilishini ko‘zda tutuvchi variant uni qoniqtirmasligini ta’kidlagan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Tehron “yuqori darajada boyitilgan uranni topshiradi, ammo bu sanksiyalarning yumshatilishi evaziga bo‘lmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Tehron urushni to‘xtatish bo‘iycha kelishuvga ancha yaqinlashib qolganini aytgan edi. Biroq keyinroq Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy AQSH bilan muzokaralarda ma’lum natijalarga erishilganini, ammo kelishuv imzolanishi hali yaqin emasligini bildirdi.