Tramp Avstraliyadan eronlik futbolchilarga boshpana berishni so‘radi
Sport
−
10 mart 6754 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp va Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotidan so‘ng Avstraliya hukumati Eron ayollar milliy futbol jamoasining bir guruh a’zolariga siyosiy boshpana berishini e’lon qildi. Bu haqda “News” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Eron terma jamoasining bir nechta o‘yinchilari ayni kunlarda Avstraliya yashil maydonlarida o‘tayotgan Osiyo Kubogi bahslarini tark etib, rasmiy ravishda boshpana so‘ragan. Avvalroq, Kanberra ma’muriyatining eronlik futbolchilarni deportatsiya qilish ehtimoli haqidagi xabarlar Donald Tramp tomonidan keskin tanqid qilingan edi. Tramp bu qarorni “dahshatli xato” deb atab, agar Avstraliya ularni qabul qilmasa, AQSH ushbu sportchilarni o‘z bag‘riga olishga tayyorligini bildirgan edi.
“Men hozirda Bosh vazir Entoni Albaneze bilan Eron ayollar milliy futbol jamoasi taqdiri haqida gaplashdim. U allaqachon bu borada amaliy choralarni ko‘rmoqda. Besh nafar futbolchiga yordam ko‘rsatildi, qolganlari ham xavfsiz manzillar sari yo‘lda”, deb yozdi AQSH rahbari o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha Eron ayollar terma jamoasining yetti nafar futbolchisi o‘lim jazosidan qo‘rqib, jamoani tark etganligi va ulardan besh nafari hozirda Avstraliya politsiyasi himoyasiga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi