Tracker odamlarni bosib ketishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 27 yoshli erkak Tracker bilan sobiq turmush o‘rtog‘i va uning tanishlarni urib ketgani haqida xabar berilgan. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

“Fuqarolar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqanligi, janjal yakunlanish arafasida turganda, to‘rt nafar fuqaro harakatlanayotgan vaqtida Tracker rusumli avtomobilda haydovchi kelib, to‘rt nafar fuqaroni urib yuborgan holati aniqlangan”, deydi Yunusobod tumani IIO FMB tergovchisi Akobir Yoqubov.

Bildirilishicha, sodir bo‘lgan joydan kerakli daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) hamda 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat qo‘zatilgan. Tergov harakatlari to‘liq va xolis olib borilib, qonuniy qaror qabul qilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosipedchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod Tracker Qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing