“Tottenxem” bosh murabbiyi ishdan ketdi

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi xorvatiyalik bosh murabbiy Igor Tudor bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, klubning darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich hamda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Rikkardo Ragnachchi ham jamoani tark etgan.

47 yoshli Tudor joriy yilning 14 fevral kuni “Tottenxem” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U klub direktorlar kengashi tomonidan lavozimidan ozod etilgan Tomas Frankning o‘rnini egallagandi. Mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma joriy yilning iyun oyi oxirigacha amal qilishi kerak edi.

Ayni paytda “Tottenxem” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 30 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. Jamoa ketma-ket 13 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bundan tashqari, klub Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Igor Tudor murabbiylik faoliyati davomida Fransiyaning “Marsel”, Italiyaning “Yuventus”, “Latsio”, “Verona”, “Udineze” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” klublarida ham ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Prem'er-liga “Tottenxem” Igor Tudor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing