“Tottenxem” himoyachisi bosh murabbiylik ham qilishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” jamoasi bosh murabbiylik lavozimini klub himoyachisiga topshirishi mumkin. Bu haqda “The Telegraph” nashrining xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” jamoasi sardori Ben Devis klubning vaqtinchalik murabbiyi lavozimini egallashi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, klub Igor Tyudorning ishdan bo‘shatilishidan so‘ng 32 yoshli uelslik futbolchini ichki nomzod sifatida jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu qaror g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, “Tottenxem” tajribali futbolchi ushbu muhim davrda barqarorlikni ta’minlay olishiga ishonadi.

Xabarlarga ko‘ra, Devis jamoadoshlari orasida ta’sirga ega, kiyinish xonasida katta hurmatga sazovor, jamoadoshlari orasida ta’sirga ega va murabbiylik malakasini oshirishga intilmoqda. Bundan tashqari, futbolchi yaqinda maydonda faoliyatini cheklagan. Joriy yilning yanvar oyidan beri to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli maydonga tusha olmayapti. Shu sababli u jamoani maydon chetidan boshqarishga e’tibor qaratishi mumkin.

Kecha, 29 mart kuni “Tottenxem” Tudorning ishdan bo‘shatilganini rasmiy tasdiqladi. Xorvatiyalik murabbiy atigi yettita o‘yinda maydonga tushdi. Shu bahslardan 5 tasida jamoa mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Tottenxem” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 30 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi va quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi bir ochko yuqorida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Tottenxem” Ben Devis Igor Tyudor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing