Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar ortga qaytdi
Jamiyat
−
10:08 3285 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) havo hududining qisman yopilishi munosabati bilan Toshkentdan Dubayga uchgan reyslar jo‘nash aeroportiga qaytmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun, 16 mart kuni “Centrum Air" aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha C6-351 reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytgan.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha HY-333 reysi ham jo‘nab ketish aeroportiga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAning Dubay shahri xalqaro aeroporti yaqinida uchuvchisiz uchish apparati hujumi oqibatida yoqilg‘i saqlanadigan baklardan biri yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi