Toshkentdagi ko‘chalardan biri 1,5 oy qisman yopiq bo‘ladi
Jamiyat
−
17 may 2021 7630 1 daqiqa
Toshkentning Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi bir yarim oyga yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 18 may soat 00:00 dan Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Nurafshon va Moyqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘idagi qismida yo‘lning bir tomoni bir yarim oy muddatga avtomobillar harakati uchun yopiladi”, deyiladi poytaxt ma’muriyati xabarida.
Shu vaqt davomida ikki tomonlama harakatlanish yo‘lning bitta qatnov chizig‘i orqali amalga oshiriladi.
