Toshkentdagi “dom”larda qancha lift nosoz ekani aytildi
Jamiyat
−
11 noyabr 2025 1639 1 daqiqa
Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 ming 103 ta nosozlik qayd etildi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida “Sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan nazorat-profilaktika tadbirlari” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qo‘mita Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, joriy yil boshidan buyon 121 ta nazorat va 10 381 ta profilaktika tadbiri o‘tkazilib, 1 145 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. 135 nafar shaxsga ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, Jo‘rayev 2025 yilning 8 sentyabr kuni Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod City” qurilish maydonida kranning qulab tushishi natijasida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi og‘ir jarohat olganini ham eslab o‘tgan. Tekshiruv komissiyasi hodisani o‘rgangan va kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish choralari ko‘rilgan. Hozirda poytaxtdagi 74 ta kran rasmiy ruxsatnoma asosida foydalanilmoqda.
Shuningdek, 205 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi tekshirilib, ularning 41 tasi identifikatsiya qilinmagani, 78 tasida loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tmagani va 147 tasida texnik xulosa mavjud emasligi aniqlangan.
Matbuot anjumanida Toshkentdagi 17 ta madaniyat va istirohat bog‘idagi 263 ta attraksion tekshirilgani, ularning 45 tasida texnik pasport, 23 tasida esa xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hujjatlar mavjud emasligi ma’lum qilingan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025