Toshkentdagi ayrim yo‘llar yopiladi
Jamiyat
−
11 iyul 3465 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 11 iyul soat 22:00 dan 14 iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli quyidagi cheklovlar amal qiladi:
- Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
- Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining “Yangi O‘zbekiston” bog‘i manzilida yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilayotgani va qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ushbu ko‘chaning bir qismi bir oy muddatga yopilgandi.
Live
Barchasi