Toshkent mexanika zavodida yong‘in yuz berdi (video)
3-sahifa
−
26 Aprel 2021 8816 1 daqiqa
Bugun, 26 aprel kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent mexanika zavodi hududida yong‘in yuz berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushdi.
Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan.
Yong‘in oqibatida 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.
Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr