Toshkentda zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
14 mart 2022 17989 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 11:30 atrofida Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Toshkent viloyatida ham sezildi.
Zilzila Toshkentdan 126 kilometr janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Toshkent viloyatida 2 ball, 100 km.
Zilzila koordinatalari: 40,39 gradus shimoliy kenglik; 70,17 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 15 km.
Live
Barchasi