Toshkentda Zeekr va Onix YTH sodir etdi
3-sahifa
−
20 noyabr 2024 7647 1 daqiqa
Kecha, 19 noyabr kuni Toshkent shahrida Zeekr va Onix avtomashinalari yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 2:45 larda Chilonzor tumani KHAY ko‘chasi Soliq kolleji qarshisida sodir bo‘lgan. Haydovchilar 2001 yilda tug‘ilgan A.O. boshqaruvidagi Zeekir hamda 2003 yilda tug‘ilgan B.F. boshqaruvidagi Onix transport vositalari o‘rtasida YTH sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Onix yo‘lovchisiga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Matiz mashinasi yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ag‘darilib ketgandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025