Toshkentda yer silkinishi qayd etildi
Jamiyat
−
04 avgust 2020 13934 1 daqiqa
Bugun, 4 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 02: 59 da (03.08.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 21: 59 da) Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,7 gradus shimoliy kenglik; 69,62 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 59 km shimoliy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent : 59 km, 3 ball.