Toshkentda uyida nasha yetishtirgan shaxslar ushlandi (video)
3-sahifa
−
02 may 6849 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yashash xonadonida giyohvandlik vositasi yetishtirib kelayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari davomida olingan tezkor ma’lumot asosida Mirobod tumani Ichki ishlar organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tumandagi xonadonlardan biri ko‘zdan kechirilganda, giyohvandlik vositalari yetishtirilayotgani aniqlangan.
Olingan daliliy ashyolar 12 tupni tashkil etib, ularning bo‘yi 60 santimetrdan 170 santimetrgacha. Xonadonda, shuningdek, giyohvandlik vositalarining quritilgani, iste’mol uchun tayyorlab qo‘yilgani ham topilgan. Barcha giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.
Shuningdek, shu hududda yana bir holat aniqlangan. Xonadon xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda, uy egasi giyohvandlik vositalarini yetishtirayotgani aniqlangan. Tezkor vakillarni ko‘rgan shaxs daliliy ashyoni suvga oqizib yubormoqchi bo‘lgan. Ammo xolislar ishtirokida bu xonadondagi giyohvandlik vositalari ham rasmiylashtirib olingan va ekspertizaga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida tomorqasida 55 ming tupdan ortiq ko‘knori va 40 tupdan ortiq nasha o‘simliklarini parvarish qilayotgan erkak qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi