Toshkentda o‘quvchilardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida fuqaroni giyohvand moddalar tarqatishda ayblab, uni sharmanda qilish va o‘ldirish bilan tahdid qilib pul talab qilgan maktab o‘quvchilaridan iborat guruh fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, zo‘ravonlik va tovlamachilik jinoyatini sodir etib kelgan ikki nafar 2006 yilda tug‘ilgan shaxs hamda 2008 va 2009 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchilari qo‘lga olingan. Jinoiy guruh Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi avtoturargohlardan birida 300 AQSH dollari va 2 million 400 ming so‘m pulni olayotgan vaqtda ushlangan. Ulardan 300 AQSH dollari, 2 million 400 ming so‘m pul, olti dona telefon, bir dona pichoq va bir dona o‘tkir tig‘li jism ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushbu holat yuzasidan guruh yetakchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi, 127-moddasi (voyaga yetmaganlarni g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilish) 3-qismi va 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qolgan uch nafar sherigiga nisbatan 165-modda 2-qismi bo‘yicha ish ochilgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, arizachi to‘rt nafar shaxsdan iborat guruh tomonidan bosimga uchraganini bildirib murojaat qilgan. Gumonlanuvchilar uni majburlab videoga olgan, giyohvand modda tarqatishda ayblagan holda rolikni internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan va 500 AQSH dollari talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida maktab o‘quvchilari va boshqa odamlarni qo‘rqitib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing