Toshkentdagi ko‘p qavatli uy yo‘lagida pichoq bilan yurgan erkak qamaldi (video)
3-sahifa
−
06 yanvar 11548 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs pichoq ko‘targan holda ko‘p qavatli uy yo‘lagida harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 5 yanvar kuni tungi soat 01:35 larda 1984 yilda tug‘ilgan erkak mast holatda bo‘la turib, Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida qo‘shnisining eshigini taqillatib, uni bezovta qilgan. U jamoat joyida bo‘la turib, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan oshxona buyumini qonunga xilof ravishda olib yurib, jamoat tartibini buzgan. Ushbu holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan chora ko‘rilgan va huquqbuzar ma’muriy tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 185-2- (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish), 194- moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga yuborilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 26 yoshli erkak ikki kishini pichoqlagandi.
Live
Barchasi