Toshkentda tish shifokori 17 yashar qizga shahvoniy shilqimlik qildi
3-sahifa
−
30 iyul 6373 1 daqiqa
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi klinikalardan birida 26 yoshli tish shifokori qabuliga kelgan 2008 yilda tug‘ilgan qizga shahvoniy shilqimlik qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 9 mart kuni Uchtepa tumanidagi klinikalardan birida Sh.H. tishini davolatish uchun kelgan K.S. ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.
Kecha, 29 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda Sh.H. aybiga iqror bo‘lgan va qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. Jabrlanuvchi K.S. esa suddan Sh.H. ga ma’muriy qamoq jazosini tayinlashni so‘rab, ko‘rsatma bergan.
Sud qarori bilan Sh.H. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Bektemir tumanida joylashgan xususiy klinika menejeri bemorga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28