Toshkentda sotsiolog olim o‘z uyida o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
23 iyul 2024 22998 1 daqiqa
Sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 18 iyul kuni soat 22:00 larda Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumanning Qora-Qamish 2/5-dahasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan shu hududdagi xonadonda shovqin ovozi eshitilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Murojaat bo‘yicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelib, xonadon eshigini ochishganda ushbu xonadonning balkon qismida 73 yoshli fuqaro Abdulahad Qahhorov tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan, Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Live
Barchasi