Toshkentda pora olgan hokimlik xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida 1500 AQSH dollari miqdorida pora olgan hokimlik xodimi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti “Eyvalek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan va hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan”, deyiladi xabarda.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida va Surxondaryo viloyatida mijozlardan 3700 AQSH dollari va 60 million so‘m olgan advokatlar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora hokimlik Davlat xavfsizlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing