Toshkentda piyodalarni bosib ketishiga sal qolgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
3-sahifa
−
31 mart 6439 1 daqiqa
Toshkent shahrining Sergeli tumanida piyodalarga yo‘l bermay, ularning hayotini xavf ostiga qo‘ygan avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 30 mart kuni soat taxminan 17:50 da 12-avtobus saroyi filiali tasarrufida bo‘lgan avtobus haydovchisi S.A. avtobusni Sergeli tumani “Yangi Sergeli” ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayoganida piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodalarga yo‘l bermagan.
Ushbu qo‘pol qoidabuzarlik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgan.
Sodir etilgan holat mas’ullar ishtirokida tanqidiy muhokama qilingan. Kelgusida shu kabi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish va bunday holatlarga chek qo‘yish maqsadida haydovchi A.S. bilan korxona o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, mazkur holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 10 sutkaga qamalgandi.
Live
Barchasi