Toshkentda noyob lemurni sotishga uringan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noyob lemurlar noqonuniy sotilayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro M.I. primatlar oilasiga mansub, inglizcha nomi Ring-tailed Lemur (Lemur katta halqali) bo‘lgan hayvonni sotish maqsadida noqonuniy ravishda saqlagan. Mazkur tur Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari savdosi to‘g‘risidagi CITES konvensiyasining I ilovasiga kiritilgan bo‘lib, uning tijorat maqsadida sotilishi, eksport yoki import qilinishi qat’iyan taqiqlangan.

Mazkur holatda fuqaro tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qarori hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-(ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) va 92-moddalari (hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish) 1-qismlari qo‘pol ravishda buzilgan.

Bildirilishicha, shu munosabat bilan fuqaro M.I. ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, materiallar Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborilmoqda. Olib qo‘yilgan lemur joriy yilning 3 noyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari tomonidan vaqtincha karantin sharoitida saqlash uchun qabul qilib olingan.

Qayd etilishicha, CITES konvensiyasiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini noqonuniy ravishda saqlash, ko‘paytirish yoki sotish qonun bilan taqiqlanadi. Qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda tegishli choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida noyob lochinlarni noqonuniy saqlab turgan shaxs 620 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lemur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing