Toshkentda non va qandolatchilik biznes-forumi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
30 Mart 2019 5410 1 daqiqa
Joriy yilning 1-2 aprel kunlari poytaxtimizdagi “Tashkent Palace” mehmonxonasida “O‘zbekistonda non va qandolat mahsulotlari bozorini rivojlantirish” mavzusida birinchi xalqaro biznes-forumi ish boshlaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir doirasida non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi texnika-texnologiyalar taqdimoti, sohadagi innovatsion yangiliklarga bag‘ishlagan anjumanlar va xorijiy hamkorlar bilan tajriba almashishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr