Toshkentda mast yigit buvisi tengi ayolga shilqimlik qildi (video)
3-sahifa
−
10:25 3126 1 daqiqa
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida mast holatda keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan 22 yoshli yigit voqeaga guvoh fuqarolar tomonidan Ichki ishlar xodimlariga ushlab berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 4 avgust kuni taxminan soat 05:30 larda “Shirinobod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 2004 yilda tug‘ilgan M.X. mast holatda keksa ayolga nisbatan nomaqbul harakat qilgan va voqea joyidan ketishga uringan. Biroq uni ko‘rgan fuqarolar ushlab qolib, ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.
Holat yuzasidan Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan M.X. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 187-moddasi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) hamda 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi klinikalardan birida 26 yoshli tish shifokori qabuliga kelgan 2008 yilda tug‘ilgan qizga shahvoniy shilqimlik qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi