Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi
Jamiyat
−
20 fevral 2023 5017 1 daqiqa
Toshkent shahrida hukumat tomonidan ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi. Bu O‘zbekiston Revpublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tabirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish uchun Toshkent shahrida maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi. Unga yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Keyinchalik bu avtoturargohlar profilini o‘zgartirmaslik sharti bilan tadbirkorlarga beriladi.
Avtoturargohlar qurilishi respublika va mahalliy byudjet daromadlarining rejadan orttirib bajarilgan qismidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi. Birinchi bosqichda transport vositalari oqimi yuqori bo‘lgan 4 ta manzil tanlab olinadi.
Ko‘p qavatli avtoturargohlarni qurish bo‘yicha loyiha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr