Toshkentda Hyundai YTHga uchrab, yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 17 sentyabr kuni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida Hyundai rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 18:45 da Yunusobod tumani Amir Temur shox ko‘chasida avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:49 da yetib borib, yong‘in soat 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobil yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod yong'in Hyundai

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing