Toshkentda fuqaroning uyidan 19 ta miltiq topildi (video)
3-sahifa
−
07 iyul 6277 1 daqiqa
Toshkentda ikki fuqaro marhum yaqinlariga tegishli bo‘lgan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ixtiyoriy ravishda topshirdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro marhum otasi alohida istiqomat qilgan xonadonda aniqlangan 1 dona vintovka, 19 dona o‘qotar ov quroli, 13 dona stvol va kolodkalar, 117 dona o‘q-dori hamda boshqa ikkilamchi ehtiyot qismlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.
Boshqa holatda esa Mirobod tumanida yashovchi 1960 yilda tug‘ilgan ayol ham marhum turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan 2 dona o‘qotar ov quroli va 181 dona o‘q-dorini topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida patronlar, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni noqonuniy saqlab kelgan shaxslar ushlangan edi.
Live
Barchasi