Toshkentda ertadan maktab bozorlari ish boshlaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 15 avgust kunidan boshlab Toshkent shahrida maktab bozorlari ish boshlaydi. Shahar hokimi Shavkat Umrzoqovning shuni nazarda tutuvchi “Toshkent shahrida maktab o‘quvchilarini 2025/2026-o‘quv yilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv qurollari bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bugun, 14 avgust kuni qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, poytaxtdagi maktablar va bozorlarda maxsus savdo rastalari tashkil etiladi. Savdolar 2025 yil 15 avgustdan 1 oktyabrga qadar davom etadi. Ta’lim boshqarmasi joylarda tashkil etilgan maktab bozorlari haqida ommaviy axborot vositalari (gazeta, televideniye, radio va internet) orqali e’lonlar beradi. Maktablarda jami 12 nuqta, bozorlarda esa 287 joy maktab bozori uchun ajratiladi.

Shuningdek, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi tomonidan vaqtincha 2025 yil avgust – oktyabr oylarida tashkil qilinadigan maktab bozorlarida faoliyat ko‘rsatish uchun jalb etilgan tadbirkorlardan asosiy faoliyati uchun soliq va boshqa yig‘imlarni belgilangan tartibda undirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Davlat matbuot va nashriyot-matbaa kompaniyalariga o‘quv darsliklari savdosi uchun kitob savdo do‘konlarining murojaatnomasiga binoan tashkil etilayotgan maktab bozori rastalaridan belgilangan tartibda joylar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent maktab bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing