Toshkentda 8 ta soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi 8 ta tuman soliq inspeksiyasida yangi boshliqlar ish boshladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan quyidagilar soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan:

  • Uchtepa tumaniga – Abdumuxtor Abdug‘ofurovich Malikov;
  • Yangihayot tumaniga – Mirqosim Aziz o‘g‘li Mahmudov;
  • Bektemir tumaniga – Jamshid Malikovich Burxonov;
  • Chilonzor tumaniga – Iskandarjon Solijonovich Qodirov; 
  • Yunusobod tumaniga – Kamoliddin Yo‘ldoshevich Toshpo‘latov;
  • Mirzo Ulug‘bek tumaniga – Ulug‘bek Aktamovich Hotamov;
  • Shayxontohur tumaniga – Navro‘z Abduvahob o‘g‘li Abduvahobov;
  • Sergeli tumaniga – Firdavs Shuhratovich Qobilov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Muzaffarovich Mirpo‘latov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent shahar Soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.

Qayd etish joiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri soliq idoralarini tanqid qilgan va qator rahbarlarini ishdan olgandi. Shuningdek, Toshkentdagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olishni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi soliq inspektsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing