Toshkentda 40 kg giyohvandlik vositasini chetga chiqarmoqchi bo‘lganlar ushlandi(video)

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasini boshqa davlatga o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hamda 1 nafardan Tojikiston va Qozog‘iston Respublikalari fuqarolari ushlangan. Ulardan 12 kg 800 gramm “opiy” va 27 kg 50 gramm “gashish” narkotik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan ushbu giyohvandlik vositalari respublika hududi orqali boshqa davlatga olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan.

Qo‘lga olingan mazkur shaxslar DXX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan qochishga uringan.

“Hozirda holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi DXX bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX giyohvandlik vositasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing