Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image
Samarqanddagi YTH: 6 kishi vafot etgani rostmi? north_east

Samarqanddagi YTH: 6 kishi vafot etgani rostmi?

Kecha, 15 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 19 yoshli haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida soat 20:15 da ro‘y bergan. 2005 yilda tug‘ilgan J.I. ismli haydovchi o‘zining Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlanishicha, haydovchi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirgan va tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan ayolni urib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri hududida 2024 yil davomida 91 ta yo‘l-transport hodisasi o‘lim bilan yakunlangani haqida xabar berilgandi. 1280 ta yo‘l-transport hodisalarining 1189 tasi tan jarohati bilan yakunlangan. Shuningdek, 720 ta piyodalar bilan bog‘liq, 98 ta tezlik bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing