Samarqanddagi YTH: 6 kishi vafot etgani rostmi?

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11 fevral kuni M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tgan qismida Toshkent shahriga konsertga ketayotgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashib, ag‘darilgani va hodisa oqibatida 6 kishi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ jabrlanganlar haqida ma’lumot olish maqsadida Jomboy tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Tozagul Xoliqova bilan bog‘landi.

Uning bildirishicha, shifoxonaga o‘sha kuni 23 nafar ayol olib kelingan. Ularning 16 nafari jarrohlik bo‘limiga, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan va ekspertizaga yuborilgan. Hozirda jarrohlik bo‘limidagi 16 kishi davolanib, uyiga javob berilgan. Jonlantirish bo‘limida 2 nafar bemor qolmoqda. Ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. 6 kishi halok bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Samarqand viloyati Transport boshqarmasi hodisa yuzasidan ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, 11 fevral kuni soat 7:00 atrofida Jomboy tumanining Samarqand mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Zhong Tong rusumli avtobus harakatlanib kelayotib, ko‘prik ustida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra, jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand avtobus Jomboy M-39

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing