Toshkent viloyatida ona o‘g‘li koronavirusga qarshi emlangach, vafot etganini aytmoqda (video)
Jamiyat
−
03 Sentabr 2021 24791 1 daqiqa
Bugun, 3 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayolning murojaati aks etgan videolavha tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani va buning oqibatida ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu murojaat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborildi. O‘rganishlar natijasi haqida batafsil ma’lumot beramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmda ayol koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng, ko‘zi ko‘rmay qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq, SSV vaziyatni o‘rganib, ushbu holatga vaksina sabab bo‘lmaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi