Xorazmda o‘zbek-xitoy vaksinasini olgan ayolning ko‘zi ko‘rmay qolgani aytilmoqda (video)
Jamiyat
−
28 avgust 2021
66675Bugun, 28 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqidagi videolavha tarqaldi. Unda aytilishicha, o‘zbek-xitoy vaksinasini olgan ayolning ko‘zi ko‘rmay, hushidan ketib, tobi qochgan.
Holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik ushbu vaziyatni nazoratga olgan. Bemorning ahvolini o‘rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzilgan.
Hozirda ishchi guruh tarkibiga mamlakatning tajribali infeksionist, reanematolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritilgan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, mamlakatda qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta’sir kuzatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, ayni kungacha O‘zbekistonda jami 13 751 939 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar soni 1 670 949 nafarga yetgan.
LiveBarchasi