Toshkent viloyatida xotinini o‘ldirishda gumonlangan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida o‘z xotinini o‘ldirishda gumonlanayotgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bildirilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan ayol o‘limidan 10 kun oldin doimiy janjallar tufayli ota uyiga qaytib kelgan. 8 fevral kuni tunda 1992 yilda tug‘ilgan eri ayolning ota-onasinikiga kelib, uni mashinasiga o‘tqazib, olib ketgan.

Shundan so‘ng ayolning jasadi Olmaliq shahri hududidan topilgan. Uni o‘ldirishda gumonlangan erkak qo‘lga olingan.

“Uni dardi faqat pul bo‘lgan. Dorisi uchun pul kerak bo‘lgan. Qaynonasi ham doim gijgijlab urdirardi. Qizim ularga pul topib kelishi kerak edi. Ularning boquvchisi edi. Himoya orderi berilganiga qaramasdan uyga bostirib keldi. Unga eng oliy, og‘ir jazo berilishini xohlayman. U uyga kelib, qizimni qasddan o‘ldirdi, bolalarni yetim qoldirdi. Qudam oldiga er-xotin urishadi deb borsak, o‘ldirib qo‘ymayapti-ku, deb javob berardi”,  deydi marhumaning onasi “Millar” dasturiga bergan intervyusida.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida er xotinini vahshiylarcha kaltaklagandi. Er protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati er xotin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing