Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14:20 1550 1 daqiqa
Doniyor Muqumjonovich Yusupov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Yusupov – oliy ma’lumotli. Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat va magistratura bosqichlarini avtomobil yo‘llari va inshootlari qurilishi hamda avtomobil yo‘llari va aerodromlar mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar yo‘l qurilish va ta’mirlash tresti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi, Toshkent shahar mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati hamda Yunusobod tumani hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Yunusobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jamshid Fazliddinovich Sharopov – Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Live
Barchasi