Tom Xolland kino tarixidagi eng ko‘p kassa yig‘gan aktyorga aylandi

Madaniyat-san’at

image

Tom Xolland 30 yoshida kino tarixidagi eng ko‘p kassa yig‘gan aktyor bo‘ldi. Bu haqda “Variety” xabar berdi.

Qayd etilishicha, u kinematografiya tarixida eng ko‘p kassa yig‘gan aktyorlar ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritib, oldingi rekordchi Zoi Saldanani ortda qoldirgan. Nashrning yozishicha, u ishtirok etgan filmlarning umumiy kassa yig‘imi taxminan 15,5 milliard dollarga yetgan, Saldanada esa bu ko‘rsatkich taxminan 15,47 milliard dollarni tashkil etadi.

Tom Xolland 30 yoshida ushbu reytingni boshqargan eng yosh aktyorga aylangan. Aktyorning cho‘qqiga ko‘tarilishini hali ham prokatda sotilayotgan ikkita film ta’minlamoqda: “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi 2,4 milliard dollardan ortiq mablag‘ yig‘ib, “Avatar” va “Qasoskorlar: Final” filmlaridan so‘ng kino tarixidagi eng ko‘p kassa yig‘gan uchta kartina sirasiga kirgan. Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi esa taxminan 1,68 milliard dollar to‘plab, R reytingiga ega filmlar orasida tarixdagi eng ko‘p kassa yig‘gan va Universal studiyasining eng serdaromad reliziga aylangan.

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” Tom Xolland bosh rolini ijro etgan O‘rgimchak odam haqidagi to‘rtinchi solo film bo‘ldya. Franshizaning oldingi uchta qismini suratga olgan Jon Uotts o‘rnini egallagan Destin Deniyel Kretton kartina rejissyori sifatida namoyon bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi prokatning ilk haftasida AQSH va Kanadada 355 million dollar yig‘ib, 2026 yilning eng daromadli kinopremerasiga aylangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing